Rus tilini 0 dan o’rganishda
qadamlar
Rus tilini umuman bilmaydigan odam nimadan boshlashi kerak? Bu borada bepul
resurs va foydali qo‘llanma izlayotgan bo’lsangiz, unda shu maqolani oxirgacha
o’qing! Sabr, amaliyot va to‘g‘ri usullar bilan qisqa vaqtda ruscha gaplashishni
boshlaysiz.
- Barcha tilning avvali — alifbo!
Kirill alifbosi bu boshlanish uchun ajoyib yordamchi bo’ladi. Avval undagi
barcha 33 ta harfni mukammal yodlang.
Keyin sekin-asta harflarni yozib, ovoz chiqarib o‘qiysiz. Masalan: А (a), Б (be),
В (ve) “Prep.uz”dagi 2-videodarslik aynan shunga bag’ishlangan.
- Oddiy so‘zlarni yodlashga o’ting
Har kuni kundalik hayotda ishlatiladigan 20-30 so‘zni o‘rganishga harakat
qiling.
Misol: Привет (salom), Спасибо (rahmat), Да (ha), Нет (yo‘q), Как дела?
(Qalaysan?).
Rus tilini 0 dan o’rganishda qadamlar 1
Maslahat: So‘zlarni gaplarda ishlatib ko‘ring: “Привет, как дела?” (Salom,
qalaysan?).
- Asosiysi grammatikani tushuning
Rus tilida jumla tuzish qoidalarini bilish uchun grammatika zarur.
Bilishingiz kerak bo’lgan qoidalar:
So‘zlar son va jinsga qarab o‘zgaradi: “Я студент” (Men talabaman, erkak),
“Я студентка” (Men talabaman, ayol).
Oddiy gap: ism + fe’l. Masalan, “Я иду” (Men yuraman).
Maslahat: Ko‘p savol bermang, faqat amalda ishlatib o‘rganing.
- 15 daqiqalik mehnat
O‘rganilgan so‘z va qoidalarni kuniga hech bo’lmasa 15 daqiqadan takrorlab
qo’yish.
Barchasini yaqin do‘stingiz bilan ruscha salomlashishdan boshlang. Agar do‘st
bo‘lmasa, o‘zingiz bilan oyna oldida gaplashing: “Меня зовут …, я учу
русский” (Meni … deb chaqirishadi, men rus tilini o‘rganayapman).
Maslahat: O‘zbek tilini aralashtirmasdan faqat ruscha gapirishga harakat
qiling.
- Audio va videodan foydalaning
Rus tilini eshitish va talaffuzni sozlash.
Ruscha multfilm (Hech bo’lmasa “Маша и Медведь”) yoki qisqa videolar
ko‘ring. Har kuni 10-15 daqiqa eshiting.
Maslahat: Eshitgan so‘zlarni takrorlab, ovoz chiqarib aytib ko‘ring — bu
talaffuzni yaxshilaydi.
- Xatolardan aslo qo‘rqmang
Xato qilish tabiiy, undan uyalmang.
Maslahat: Agar kimdir sizni tuzatsa, rahmat aytib, ustingizda ishlashni davom
ettiring. Masalan, “Я говорить плохо” (Men yomon gapiraman) deb kulib
Rus tilini 0 dan o’rganishda qadamlar 2
qo‘ysangiz, odamlar yordam beradi.
- Har hafta o‘zingizni sinang
Haftada 1 marta o‘zingizga savol bering: “Men nechta so‘z yoki gapni
o‘rgandim?” 1 oyda 100 ta so‘z yoki 20 ta gapni bilib olsangiz, bu katta yutuq!
Maslahat: Kichik niyat qo‘ying: “1 haftada salomlashishni o‘rganaman”, keyin
kattaroq maqsadga o‘ting.
Bonus: Foydali eslatma
Rus tilini oson, tez va qulay o’rganish uchun “Prep.uz” kursida tahsil olishingiz
mumkin.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: “Prep.uz”ning ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalariga obuna bo’lib, uni aktiv holda kuzatib boring.
Xulosa
Rus tilini 0 dan o‘rganish qiyin emas, agar har kuni 30 daqiqa vaqt ajratsangiz.
Alifbo, so‘zlar, oddiy gaplar — mana shu bosqichlardan keyin o‘zingizga ishonch
paydo bo‘ladi. “Удачи!” (Omad tilayman!) — endi boshlash sizdan!
Agar rus tilida nafaqat so’zlashuv, balki noto’g’ri talaffuz va grammatika
bo’yicha ko’nikmalaringizni ham shakllantirishni istasangiz, sizni 3 oylik
ONLAYN kursimizga taklif qilamiz!
👇 Kursimizga ro’yxatdan o’tish uchun mana bu havolani bosing va kichik
so’rovnomamizni to’ldiring:
https://prepedu.uz/checklist
Rus tilini 0 dan o’rganishda qadamlar 3