Rus tilini yaxshiroq tushunishuchun foydali
- 09. Мар, 2026
Rus tili grammatikasinio’rganishda yangi va
- 09. Мар, 2026
Rus tilida so‘z boyliginikengaytirish uchun
- 09. Мар, 2026
Rus tili grammatikasida 6 ta asosiy kelishik mavjud bo’lib, ular: Именительный
(Nomlanish), Родительный (Qaratqich), Дательный (Jo‘natish), Винительный
(Tushum), Творительный (Yordamchi) va Предложный (Joy). Ushbu
qo‘llanmada har bir kelishikning asosiy vazifasini va ularni qanday ishlatishni
o’rganib olamiz.
Именительный падеж (Nomlanish kelishigi)
Vazifasi: Gapda ega yoki asosiy obyektni bildiradi.
Qaysi savollarga javob beradi:
“Кто?” “Что?” | «Kim? Nima?»
Misol:
Девочка читает книгу. (Qizcha kitob o‘qiydi.)
Это стул. (Bu stul.)
Eslatma: Bu kelishik odatda o‘zgarmaydi, so‘zning lug‘aviy
shaklida qoladi.
Родительный падеж (Qaratqich kelishigi)
Kelishiklar (падежи) bilan “ishlash” 1
Vazifasi: Egalik, biror narsani yo‘qligi, miqdor yoki biror narsadan ajralishni
ifodalaydi.
Qaysi savollarga javob beradi:
Kimning? Nimaning? Kimdan? Nimadan? «Kimning? Nimaning?» | Чей? Чего?
От кого? От чего? Чей? Чего?
Misol:
У меня нет книги. (Menda kitob yo‘q.)
Это дом отца. (Bu otamning uyi.)
Qoidalar: «Нет» so‘zi bilan yoki egalikni ko‘rsatishda ko‘p
ishlatiladi.
Дательный падеж (Jo‘natish kelishigi)
Vazifasi: Harakat yoki biror narsaning manzilini (kimga/nimaga yo‘nalganini)
ko‘rsatadi.
Qaysi savollarga javob beradi:
Кому? Почему? | Kimga? Nimaga?
Misol:
Я дал книгу другу. (Men do‘stimga kitob berdim.)
Мне холодно. (Menga sovuq.)
Eslatma: «Дать», (Bermoq) «сказать» (aytmoq) kabi fe’llar bilan
ko‘p uchraydi.
Винительный падеж (Tushum kelishigi)
Vazifasi: To‘g‘ri obyektni (nimaga ta’sir qilinayotganini) ko‘rsatadi.
Qaysi savollarga javob beradi:
Кого? Что? | Kimni? Nimani?
Misol:
Я вижу кошку. (Men mushukni ko‘ryapman.)
Kelishiklar (падежи) bilan “ishlash” 2
Она читает книгу. (U kitob o‘qiydi.)
Qoida: Jonli va jonsiz obyektlarga qarab o‘zgarishi mumkin.
Творительный падеж (Yordamchi kelishigi)
Vazifasi: Qo‘llangan vosita, sheriklik yoki holatni ifodalaydi.
Qaysi savollarga javob beradi:
С кем? Чем? | Kim bilan? Nima bilan?
Misol:
Я пишу карандашом. (Men qalam bilan yozaman.)
Он идёт с другом. (U do‘sti bilan ketmoqda.)
Eslatma: «С» predlogi bilan sheriklikni ko‘rsatsa, vosita uchun
predlogsiz ham ishlatiladi!
Предложный падеж (Joy kelishigi)
Vazifasi: Joy, vaqt yoki mavzu haqida ma’lumot beradi.
Qaysi savollarga javob beradi:
Где? О ком? О чем? | Qayerda? Kim haqida? Nima haqida?
Misol:
Я живу в городе. (Men shaharda yashayman.)
Мы говорили о книге. (Biz kitob haqida gaplashdik.)
Qoida: «В», «на», «о» kabi predloglar bilan ishlatiladi.
Kelishiklarni o‘rganish uchun amaliy maslahatlar 👇
Kelishiklar (падежи) bilan “ishlash” 3
Savollardan foydalaning: Har bir kelishikning asosiy savollarini yodlab oling
– bu so‘zning qaysi kelishikda ekanini aniqlashga yordam beradi.
Predloglarga e’tibor bering: Kelishiklar ko‘pincha predloglar bilan birga keladi
(masalan, «в», «на», «с»).
So‘zlarning oxiriga qarang: Rus tilida so‘zlarning qo‘shimchalari kelishikka
qarab o‘zgaradi. Masalan: Стол (И.п.) → Стола (Р.п.) → Столу (Д.п.).
Misollar bilan mashq qiling: O‘zingizga gaplar tuzib, kelishiklarni sinab
ko‘ring.
💡 Agar sizga muayyan kelishik bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish
yoki bilimingizni mustahkamlash uchun mashqlar kerak bo‘lsa, < Prep.uz> kursida tahsil olishni maslahat beramiz!
Ko rishguncha!
