Salimova Zarina
Mentor
Men, Salimova Zarina Salimovna, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining rus filologiyasi fakultetida tahsil olganman va ushbu yo‘nalishni muvaffaqiyatli tamomlaganman. O‘qish davomida rus tili nazariyasi, adabiyot, nutq madaniyati hamda zamonaviy o‘qitish metodikalarini chuqur o‘rgandim.
Ta’lim jarayonida ilmiy izlanishlar bilan faol shug‘ullandim, ilmiy maqolalar yozdim va 2024-yilda maqolam yoshlar ilmiy to‘plamida chop etildi. Bu menga tadqiqot olib borish, tahlil qilish va o‘z fikrlarimni ilmiy asosda ifoda etish ko‘nikmasini berdi.
Shuningdek, Prep.uz platformasida mentor va konsultant-metodist sifatida ishladim. O‘quvchilar bilan individual yondashuv asosida ishlash, ularning bilim darajasini aniqlash va samarali o‘quv strategiyasini ishlab chiqish tajribasiga egaman. Dars jarayonida tushunarli, tizimli va natijaga yo‘naltirilgan uslubni qo‘llayman.
Men mas’uliyatli, intizomli va o‘z ustimda doimiy ishlaydigan mutaxassisman. Har bir o‘quvchimning muvaffaqiyati men uchun muhim. Mening asosiy maqsadim — o‘quvchilarga rus tilini erkin, ishonchli va savodli qo‘llay olishlariga yordam berishdir.