Saidazimova Ruxshona
Ustoz-metodist

Men — Saidazimova Ruxshona, pedagog va ta’lim sohasida tajribaga ega mutaxassisman. Faoliyatim davomida turli yoshdagi o‘quvchilar, xususan 15 yoshdan 34 yoshgacha va undan katta yoshdagi tinglovchilar bilan ishlayman.

 

Ta’lim yo‘limni Birinchi Toshkent pedagogika kollejida “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishida boshlaganman. Keyinchalik Toshkent shahridagi Puchon universitetida (BUT) “Maktabgacha ta’lim va psixologiya” yo‘nalishida tahsil olganman. Psixologiya va pedagogika bo‘yicha olgan bilimlarim menga har bir o‘quvchiga individual yondashuvni to‘g‘ri tashkil etish imkonini beradi.

 

2017-yildan buyon ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Dars jarayonida zamonaviy metodlar, muloqotga asoslangan yondashuv va amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qarataman. Mening asosiy maqsadim — tinglovchilarning bilimini mustahkamlash, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.

 

Mas’uliyat, professionallik va samimiylik ish faoliyatimning asosiy tamoyillaridir. Har bir tinglovchi bilan natijaga yo‘naltirilgan va ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilaman.

Copyright © 2025 Prep.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.